Portugaliya harbiy-havo kuçlarining ikkita F16 qiruvçi samolyoti Qozoğistonning Air Astana aviakompaniyasi samolyotini unda yuz bergan texnik muammo sababli havoda kuzatib bordi. Bortida ekipajning 6 a'zosigina bölgan samolyot Beja şahri aeroportida qöna olgan.  

Ma'lum qilinişiça, samolyotda “boşqaruv va nazorat bilan muammo çiqqan”. Samolyot uçinçi urinişdan keyingina qöndirila olingan. Samolyot ekipaji a'zolariga tibbiy yordam körsatilgan.   

Qozoğiston samolyoti falokat signalini bergaç, Monte-Realdagi bazadan qiruvçi samolyotlar havoga kötarilgan.