Fransiya tomoni RF va AQŞ prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp uçraşuvini 11 noyabr kuni Parijda bölib ötadigan tadbirlar doirasida taşkillaştirmaslikni «yetarli tarzda sabot bilan» söragan. Bu haqda RF prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov «Rossiya-1» telekanaliga bergan intervyusida ma'lum qilgan, deb yozadi TASS.

Lekin şunga qaramasdan işçi nonuşta çoğida Tramp va Putin muloqot qilişga muvaffaq bölişgan.

RF prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, Tramp va Putin Parijdagi Yelisey saroyida bölib ötgan işçi nonuşta çoğida bir-biri bilan salomlaşişgan va xayrlaşayotib, bir-birlariga «Yana uçraşgunça», deyişgan.

«Tuşlik çoğida bir-birlari bilan oyoqda turib salomlaşişdi. Muzokara ötkazişga imkoniyat bölmadi», — dedi Peskov. Matbuot kotibining sözlariga köra, işçi nonuştadan söng Putin xalqaro Tinçlik forumiga yöl olgan.

«Tramp esa Yelisey saroyini tark etdi. Ular bir birlariga «Yana uçraşgunça», deyişdi», — deya qöşimça qilgan Peskov.