2018 yilda hojilar tomonidan 3.3 mlrd. so‘mlik xayriya qilindi

Foto: KUN.UZ
Joriy yilning 12 noyabr kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan brifing o‘tkazildi. Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining o‘rinbosari Nuriymon Abulhasan yig‘ilganlarga quyidagilarni ma'lum qildi:
– «Haj-2018» mavsumi ko‘tarinki ruh, islohotlarga boy shakl va mazmunda yakunlandi. Birgina shahzoda Faysal ibn Salmon tomonidan o‘zbekistonlik ziyoratchilar eng tartibli hojilar, deb e'tirof etilishi nafaqat ziyoratchilarimiz, balki xalqimiz va jamoatchiligimiz uchun xushxabardir.
«Haj-2018» mavsumi yakunlandi, ammo hojilarning xayrli ishlari to‘xtab qolgani yo‘q. Joriy yilning oktabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita va O‘zbekiston Musulmonlari idorasi xodimlari tarkibidagi ishchi guruh tamonidan 2018 yilda Haj safariga borgan hojilarimizning yurtga qaytgandan keyingi faoliyatini o‘rganildi.
Hojilar tomonidan amalga oshirilgan ma'rifiy suhbatlar 19,676 tani tashkil etib, ular tomonidan 1.6 mlrd. so‘mlik moddiy yordam ko‘rsatilgan. Kam ta'minlangan oilalarga berilgan moddiy yordam miqdori 2.38 mrld. so‘mni tashkil etib, 8,914 ta ijtimoiy ko‘mak amalga oshirilgan. Shuningdek, notinch, noqobil oilalarni yaxshilash bo‘yicha 14 mingga yaqin suhbat tashkil etilib, mahallalarda o‘tkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar soni 50 mingga yaqin bo‘ldi.
Aholi uchun qilingan xayriya ishlari 3.3 mlrd. so‘mni tashkil etdi.
Respublika bo‘yicha o‘tkazilgan mana shunday xayrli tadbirlarda hoji onalar ham faol ishtirok etib, ular tomonidan 10,661 ta bid'at-xurofotga qarshi, 12,590 ta oila mustahkamligi bo‘yicha suhbatlar tashkil etildi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Germaniyada maktab o‘quvchilarini urush holatiga tayyorlash tavsiya qilindi
Jahon | 17:31
-
Chilonzor tumani hokimligida 8 nafar bolaning sunnat to‘yi o‘tkazildi
Jamiyat | 17:13
-
Zaynilobiddin Nizomiddinov tuman hokimi bo‘ldi
O‘zbekiston | 17:07
-
Janubiy Koreyada navbatdan tashqari prezidentlik saylovi belgilandi
Jahon | 17:06
Mavzuga oid

15:18 / 06.03.2025
“Ezgu Amal” jamg‘armasi yangilangan nizomini e’lon qildi

15:30 / 03.02.2025
O‘zbekistonda “Ona uyi” xayriya loyihasi taqdimoti o‘tkazildi

13:54 / 31.01.2025
AQShda qorbo‘ronli havoda pitssa tashigan kurerga 2 dollar choychaqa berishganidan so‘ng internetda unga 40 ming dollar xayriya yig‘ildi

20:35 / 30.12.2024