Özbekiston transport tizimi yölovçilarni turli transport vositalarida muvofiqlaştirilgan holda taşiş siyosatiga ega emas, bu sayyohlar uçun mamlakat jozibadorligini pasaytirmoqda, deyiladi 2025 yilgaça bölgan davrda turizmni rivojlantiriş konsepsiyasida.
Xususan, Özbekistondagi fuqarolik aviatsiya taşuvlari sektori boğlamalarning yetarli emasligi, şuningdek, xizmatlarning yuqori qiymati bilan ajralib turadi. Bu Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasiga köra, köp jihatdan «Özbekiston havo yöllari» MAKning monopolistik pozitsiyalari bilan boğliq.
Natijada, Özbekiston mintaqada xalqaro aviataşuvlar ösiş sur'atining eng past körsatkiçiga (2%), şuningdek, içki aviataşuvlar bozorining qisqarişiga (har yili 1,9% ga) ega böldi.
«Şu kabi holat «Özbekiston temir yöllari» AJ temiryöl taşuvlari tizimida ham kuzatilmoqda, u temiryöl sostavlari va reyslarning yetişmasligi bilan ajralib turadi», - deya ta'kidlanadi hujjatda.
Şuningdek, respublikada hududlararo, belgilangan jadval asosida muntazam ravişda harakatlanuvçi avtobus transporti yönalişlari deyarli yölga qöyilmagan.
Bundan taşqari, mintaqalararo yönalişlar noqulay va murakkab transport logistikasiga ega. Masalan, mintaqalar örtasida aviaqatnovlar yöq, barça qatnovlar Toşkent orqali amalga oşiriladi, bu transport xarajatlarining köpayişi hamda respublika mintaqalari örtasida sayohat qilişning kamayib ketişiga olib kelyapti.
Eslatib ötamiz, avvalroq «Özbekiston havo yöllari»ni bir neçta kompaniyalarga bölib yuboriş taklif etilgandi.

















