Bugun, 14 noyabr kuni Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudida Kattaqörğon şahar IIBning sobiq xodimi San'at Umarov ustidan sud jarayoni davom ettirildi. Bu haqda «Kun.uz»ga Özbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati xabar berdi.
«Jinoyat işlari böyiça Samarqand viloyat sudida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 206-moddasi (hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş) 1-qismi, 235-moddasi (qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllaş), 2-qismi «a» va «z» bandlarida hamda 241-1 moddasida (jinoyatni hisobga olişdan qasddan yaşiriş) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanayotgan San'at Umarovga nisbatan sud jarayoni bölib ötmoqda», deyiladi xabarda.
Sud majlisi 19 oktabr kuni boşlangandi. Ötgan vaqt davomida ayblov xulosasi öqib eşittirildi, sudlanuvçi S. Umarov va jabrlanuvçi N. Toşmatovaning körsatmalari tinglandi. Sud tergovi ötkazilib, unda guvohlar söroq qilindi.
Sud jarayoni davom etmoqda.
1988 yilda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tuğilgan, millati özbek, Özbekiston Respublikasi fuqarosi, ma'lumoti – oliy, oilali, muqaddam sudlanmagan, Kattaqörğon şahri IIB katta tezkor vakili lavozimida işlagan.
U va IIBning boşqa xodimlari şu yilning 3 iyun kuni Kattaqörğon şahar IIB binosida ayol kişini öğirlik qilganlikda ayblab haqorat qilgani va yeçinişga majburlagani şov-şuv bölgandi.
Jinoyat işlari böyiça Samarqand şahar sudining 2018 yil 6 iyuldagi ajrimiga mufoviq San'at Umarov ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa olingan edi.

















