Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonovning joriy yilning noyabr va dekabr oylarini viloyatda «ma'naviyat oyi» deb e'lon qilgani haqidagi qaroriga munosabat bildirdi.
Hokimning tegişli buyruğiga muvofiq, şu yilning noyabr oyining ikkinçi ön kunligida Andijon viloyatida xayriya haşarini ötkaziş rejalaştirilmoqda.
«Kun.uz» saytida naşr etilgan «Ma'naviyat haşari». Andijon viloyatida hukumat qaroriga zid tarzda «navbatdan taşqari haşar» e'lon qilindi» sarlavhali maqolada haşar munosabati bilan hududdagi barça davlat va nodavlat taşkilotlar xodimlarining bir kunlik maoşi ixtiyoriy asosda viloyat hokimiyatining maxsus hisob raqamiga ötkazilişi böyiça topşiriq berilganiga e'tibor qaratilgandi.
Vazirlik munosabatida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi «Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 349-son qaroriga muvofiq, davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan haşarlar qanday şartlarga qat'iy rioya etilgan holda taşkil etilişi va ötkazilişi eslatib ötilgan.
Unga köra, umumxalq haşarini ötkaziş töğrisida faqat Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli hujjati yoki Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori mavjud bölganda, şuningdek haşarlar unda iştirok etadigan şaxslar mehnat qiladigan tegişli taşkilot hududida mehnatni muhofaza qiliş va xavfsizlik normalariga qat'iy rioya etilgan holda ötkaziladi.
«Haşarlar doirasida barça boşqa turdagi jamoat işlari, şu jumladan, quriliş-ta'mirlaş va qişloq xöjaligi işlariga majburiy jalb etişga qat'iy yöl qöyilmagan holda obodonlaştiriş, kökalamzorlaştiriş, iş örinlarini tartibga keltiriş işlari amalga oşiriladi», deyiladi bayonotda.
Andijon viloyati hokimiga Davlat mehnat huquq inspeksiyasining viloyati hokimining 7 noyabrdagi 207-F sonli buyruğini qonunçilikka muvofiqlaştiriş töğrisidagi körsatmasi yuborilgan.
Unda haşarni ötkaziş jarayonida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi «Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 349-son qarori va amaldagi qonunçilik talablariga amal qiliş zarurligini inobatga oliş talabi qöyilgan.
















