14 noyabr kuni Britaniya taxt vorisi şahzoda Çarlz 70 yoşga töldi. Butun umri davomida unga mamlakat - sevgidan, burç esa barçasidan ustun ekanini aytib uqtirişgan. Çarlzni har qanday xato butun qirollik oilasi nufuziga salbiy ta'sir körsatişi mumkinligiga oid fikr bilan voyaga yetkazişgan. U 21 yoşida Karnarvon saroyida onasi, qiroliça Yelizaveta II’dan Uels şahzodasi maqomini va u bilan birga bir umrlik majburiyatlarni olgan.
Bolaligidan unga munosib voris bölişi kerakligi uqtirilgan, zero undan avvalgi Uels şahzodasi bunday bölmagan. Gap uning toğasi, Vindzorlar nomini deyarli yöqqa çiqargan şahzoda Edvard haqida borgan. U ikki marta ajraşgan amerikalik Uollis Simpsonga uylaniş uçun 1936 yilda taxtdan voz keçgan.
U butun umr özi haqiqatda muhim deb hisoblagan iş bilan şuğullangan, ammo doim boşqalarning soyasida qolgan: avval onasining, keyin birinçi turmuş örtoğining, endi esa - öğillarining. Çarlz birinçi oilasidan ajraşgan Kamilla Parker-Boulzni deb “xalq malikasi” Diana bilan ajraşgani sababli uzoq vaqtgaça e'tibordan çetda qoldi, lekin bu taxt vorisining baxtli böliş istagi bilan izohlanadi. Bugunga kelib Buyuk Britaniyaning bölğusi qiroli şunça yillar qöldan boy berilgan e'tiborga sazovor bölmoqda.

Şahzoda Çarlz, 2015 yil

Qiroliça Yelizaveta II turmuş örtoği, Edinburg gersogi Filipp, farzandlari Çarlz va Anna Queen hamda itlari bilan Şotlandiyada, 1955 yil

Şahzoda Çarlz va malika Diana töy kuni

Uels şahzodasi Çarlz va Saudiya Arabistoni qiroli Abdulla an'anaviy qiliç raqsi vaqtida, 1997 yil

Malika Diana va şahzoda Çarlz öğillari Uilyam bilan, 1982 yil






















