Britaniya monarxiyasini örganuvçi tarixçi Ed Ouensning fikriça, Britaniya taxti qiroliça Yelizaveta II’dan uning öğli şahzoda Çarlzga topşirilişi boşlangan. Bu haqda Daily Express naşri xabar berdi.

“Qiroliçaning ölimi qirollik uyida inqiroz keltirib çiqarmaydi. Çarlzga taxtni ramziy topşiriş jarayoni boşlangan”, deb aytgan Ouens. U oxirgi vaqtda şahzoda tez-tez turli tadbirlarda onasi örniga iştirok etayotganiga va unvonlarni beriş vazifasini öz zimmasiga olganiga e'tibor qaratgan. Avval bu bilan qiroliça şuğullangan.  

Ta'kidlanişiça, tarixçining bunday izohlariga 95 yoşli qiroliçaning salomatligi yomonlaşayotgani sabab hisoblanadi. Oktyabrda şifokorlar Yelizaveta II’ga ommaviy tadbirlardan dam olişni tavsiya qilişgan. Şundan keyin monarx Şimoliy Irlandiyaga safarini, BMTning Glazgodagi iqlim böyiça sammitiga taşrifini bekor qilgan va şifoxonaga tekşiruvga yotgan. Noyabrda qiroliça xotira kuni munosabati bilan ötgan tadbirlarda ham iştirok etmagan. Rasman bu qiroliçaning belidagi oğriq bilan tuşuntirilgan.

Avvalroq ekspertlar şahzoda Çarlzning qirol böliş imkoniyatiga şubha bildirişgan. Tarixçi Martin Viner uning taxtga ötirişi Birlaşgan qirollikning parçalanişiga olib kelişi mumkinligini aytgan.

Şahzoda Çarlz Yelizaveta II’ning tönğiç öğli bölib, qiroliça ölimidan keyin taxt unga ötadi. Qiroliçaning yana uç farzandi bor: qiroliça Anna, şahzodalar Edvard va Endryu. Britaniya taxtiga da'vogarlar qatorida Çarlzdan keyin uning öğli şahzoda Uilyam turadi.