Bu haqda Britaniya qirollik uyi vakiliga tayanib “Bi-bi-si” telekanali ma'lum qildi. 

25 mart kuni şahzoda topşirgan test unda koronavirus borligini körsatgani ma'lum bölgan. Şundan keyin 71 yoşli şahzoda özini odamlardan alohidalaşga qaror qilgan va bir hafta davomida Şotlandiyadagi Balmoral qasrida qolgan.

Şahzodaning rafiqasi Kornuell gersoginyasining koronavirusga topşirgan testi unda virus yöqligini körsatgan. Biroq gersoginya hafta oxirigaça karantinda qoladi.

Şahzoda qarorgohida ta'kidlanişiça, u virusni kimdan yuqtirib olganini aniqlaşning imkoni yöq, çunki bungaça u turli odamlar bilan köplab uçraşuvlar ötkazgan. Jumladan, Çarlz unda virus aniqlanişidan oldin koronavirusga çalingan yana bir monarx - Monako knyazi Alber II bilan ham uçraşgan.

Oxirgi ma'lumotlarga köra, Buyuk Britaniyada koronavirusga çalinganlar soni 19522 nafarni, vafot etganlar soni 1415 nafarni taşkil qilmoqda. Kasallanganlar orasida Britaniya boş vaziri Boris Jonson ham bor. Hozirda u uyida karantinda qolmoqda va u yerdan turib hukumatni boşqarmoqda.