Britaniya şahzodasi Çarlz öz rafiqasi bilan Bristoldagi Asda distribyutorlik markaziga taşrif buyurganda erkak sotuvçilardan biri huşidan ketib qoldi. 

Uşbu holat videosi YouTube’dagi The Royal Family Channel kanalida joylaştirilgan.

Qirollik oilasi a'zolari taşrif buyurgan markaz pandemiya vaqtida Britaniyani hayotiy muhim oziq-ovqat zaxirasi bilan ta'minlagan. 

Markaz xodimlaridan biri şahzoda bilan suhbatlaşayotgan vaqtda çayqala boşlab, keyin huşini yöqotib yiqilib tuşgan. Şahzoda sotuvçini uşlab qolmoqçi bölgan. Huşini yöqotgan sotuvçiga tezda yon-atrofdagilar yordamga kelgan. Erkak birozdan keyin huşiga kelgan va şahzoda u bilan suhbatni davom ettirgan.