Sirdaryo viloyatida fermerlar hokim va prokurorlar qarşisida qasamyod qilişi ortidan navbat sirdaryolik şifokorlarga keldi.

Ijtimoiy tarmoqda Sirdaryoda tibbiyot xodimlarining «qasamyod marosimi» tasvirlari tarqaldi. Tibbiyot xodimlariga «prezidentga sodiqlik va nojöya işlarni qilmaslik» haqidagi qasamyod matni öqitilgan.

«Men, Özbekiston Respublikasining şifokori, Özbekiston Respublikasi Prezidenti, muhtaram Şavkat Miromonoviç Mirziyoyev tomonidan soğliqni saqlaş yönalişida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarni amaliyotga tatbiq etiş, aholining tibbiy xizmat sifatidan bahramandlik darajasini yanada oşiriş, mavjud eng zamonaviy tibbiy texnologiyalarni qöllagan holda xalqimizga munosib tibbiy xizmat körsatişga qasamyod qilaman!

Özimning bor bilimim va iqtidorimni inson sihat-salomatligiga, kasalliklarning oldini olişga baxşida qilişga va'da beraman. Öz salohiyatim, mahoratim va malakamni tinmay oşirib borişga, kamtar va kamsuqum bölişga, zarur bölganda bemor foydasi, ya'ni uning oliy ne'mati - soğliğini saqlab qoliş uçun fidoyilik körsatişga, bemorlarning eng nozik his tuyğulari va ruhiyatidan doimo voqif bölib turişga, ular dardiga darmon bölişga qasamyod qilaman!

Özimning maslagim, sözim va bajarayotgan işim orqali odamlarga faqat yaxşilik qilişga xizmat qilaman. Öz faoliyatimda kasbimga va vatanimga sadoqat bilan xizmat qilişga, korrupsiya va tamagirlik singari illatlarga yöl qöymasdan pok va halol işlab, xalqimning hurmat va e'tiborini qozonişga, aholi orasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qilib, kasalliklar profilaktikasi, diagnostikasi, davosi hamda reabilitatsiyasining sifatli va samarali ötkazilişiga bor kuç va ğayratimni ayamayman, deb qasamyod qilaman!», deyilgan qasamyod matnida.

Bundan avvalroq sirdaryolik fermerlar qasamyodidan keyin «Kun.uz»da e'lon qilingan «Fermer qasamyod qilişi lozimmi?» sarlavhali maqolada şunday deyilgandi: «Şaxsni ma'nan çeklaş, qasamga tayaş — ma'lum işlarga majburlaş uçun uni ma'nan tor «xona»ga solib maqsadga erişişga uriniş totalitar tuzumlarga xos bölgan odatdir. Qiziği şundaki, mazkur «çora»lar teppa-teskari natija beradi — çeklovlar natijasida rivojdan töxtagan, şaxsiy sifatlariga putur yetgan kişilardan iborat tizimlar tezda buzilib, işlamay qoladi va nihoyat, keng qamrovli böhronga yuz tutadi».