«Kun.uz» saytida «Ma'naviyat haşari». Andijon viloyatida hukumat qaroriga zid tarzda «navbatdan taşqari haşar» e'lon qilindi» sarlavhali material naşr qilingan, unda vodiyning bu viloyatida ötkazilgan umumxalq haşari huquqiy asosga ega bölmagan holda uyuştirilgani tanqid qilingandi. Şundan söng Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Andijon viloyati hokimi Şuhrat Abdurahmonovning joriy yilning noyabr va dekabr oylarini viloyatda «ma'naviyat oyi» deb e'lon qilgani haqidagi qaroriga munosabat bildirgandi.

Haşar şunçaki jismoniy mehnatdangina iborat bölmay, hududdagi barça davlat va nodavlat taşkilotlar xodimlarining bir kunlik maoşi ixtiyoriy asosda viloyat hokimiyatining maxsus hisob raqamiga ötkazilişi böyiça topşiriq berilgani bilan ham e'tiborli edi. Hokim farmoyişida mablağlarni töliq ötkazib beriş uçun muhlat berilgandi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi izohida Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 10 maydagi «Özbekiston Respublikasida majburiy mehnatga barham berişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi 349-son qaroriga muvofiq, davlat organlari va boşqa taşkilotlar tomonidan haşarlar qanday şartlarga qat'iy rioya etilgan holda taşkil etilişi va ötkazilişi eslatib ötilgan.

«Kun.uz» muxbiri vaziyatga bevosita izoh oliş maqsadida Andijon viloyatida böldi. Viloyat hokimi ayni paytda hududga taşrif buyurgan prezident davlat maslahatçilaridan biri bilan uçraşuvdaligi uçun uning qabuliga kirişning imkoni bölmadi. Ammo hokim muovini bevosita intervyu bermasada, hokimlikning bu taşabbusi qonunçilikning barça tamoyillariga muvofiq kelişini bildirib, bir qator hujjatlarni taqdim etdi. Sayt öz navbatida bu hujjatlarning mazmuni va röyxatini omma e'tiboriga havola etişga qaror qildi.


«Ma'naviyat haşari». Andijon viloyatida hukumat qaroriga zid tarzda «navbatdan taşqari haşar» e'lon qilindi» maqolasi yuzasidan

MA'LUMOT