“MARINS” yelkanli kemalar xalqaro assotsiatsiyasi Orol dengizi va Möynoqqa ekspeditsiya taşkillaştiriş taşabbusi bilan çiqdi. Unda Rossiya, Ukraina va Qozoğistonning tajribali sayyohlari iştirok etiş istagini bildirişgan. Rossiyaning maşhur sayyohi Yelena Kulik Turizm sohasiga investitsiya kiritişga doir birinçi xalqaro forum doirasida KUN.UZ muxbiriga şu haqida intervyu berdi.
“Yelkanli turizm”ga aynan Özbekistonda start berilgan. Aviatsiya zavodi faoliyat yuritgan vaqtlar bu yerda katomaranlar işlab çiqarilgan. 80-yillarda esa Özbekistonning yelkanli kema jamoasi Moskvadagi musobaqada oliy örinni egallagan. Özbekistonda bir-biridan çiroyli daryolar, köllar bilan birga Orol degan javohir bor. Biz barçaning e'tiborini mana şu nuqtaga qaratişni maqsad qildik, zero bu bugunning sayyohi uçun juda qiziq”, - deydi u.

Orol va Möynoq yelkanlar ostida
“Bizning loyihamiz - köp bosqiçli. Ulardan biri, yaqin orada amalga oşirişni rejalaştirganimiz – unga köra, mart oyi oxiri va aprel oyi boşlarida bir neça yelkanli katomaran Qozoğiston hududidan Özbekiston hududiga ötadi va biz ularni maşhur film qahramoni Assol kabi sohilda kutib olamiz. Orol bugunga kelib kölga aylangan bölsa-da, bu - 200 km. Uşbu ekspeditsiyani Rossiyaning yetakçi sayyohi, “MARINS” kotibi Anatoliy Pavloviç Kulik boşqaradi”, - deydi u.
Şu örinda ta'kidlaş joizki, Rossiyada yetakçi sayyohlar soni 11 nafar, taniqlilari esa talaygina. Boşqalar tomonidan takrorlanmagan işga qöl urgan sayyohlarga yetakçilik maqomi beriladi. Anatoliy Kulik dunyoda yagona “Yelkanlar ostidagi katomaran” deb nomlangan kemada dunyo böylab sayohat qilgan. Bu insonni suvdan atigi 60 sm ajratib turadigan kemadir.

“Yelkanli katomaran matematik olimning özi tomonidan loyihalaştirilgan. U dengiz va okeanlarda sinovdan ötgan. Aynan uning özi mazkur ekspeditsiyaga boşçilik qiladi va Özbekistonga yelkanlar ostida kirib keladi. Bu Orolga, Qoraqalpoğiston Respublikasi hududiga bölgan e'tiborni kuçaytiradi, zero bu salohiyati yetarliça baholanmagan noyob hududdir. Özbekistonni sxematik jihatdan uç qismga ajratadigan bölsak, bu, albatta, özining hunarmandlari va ajoyib tabiati bilan maşhur Farğona vodiysi; ikkinçi qismi Özbekistonning “oltin xalqasi” – Toşkent, Samarqand, Buxoro va Xiva; uçinçi qismi esa – Qoraqalpoğiston. U yerda şuningdek noyob kolleksiyani özida jamlagan Igor Savitskiy muzeyi joylaşgan, dunyoning heç bir nuqtasida öxşaşi yöq bu muzeyni odamlar körişi kerak. Özini hurmat qiluvçi har bir san'atşunos bu yerda böladi, endi esa Nukusdan Möynoq tomon harakatlaniş imkoni bor. Möynoq – oçiq osmon ostidagi muzey, fojiali tarixga ega bölsa-da, baribir noyob muzey, ölik kemalar muzeyi. Ular sahrodagi muzliklar kabidir. Endi esa tasavvur qilib köring-a, ekspeditsiya amalga oşgan taqdirda, yelkanlar ostidagi Orol va Möynoqning qanday gözal manzara kasb etişini! Zero katomaranlar nafaqat suvda, balki ğildiraklarda ham harakatlanadi. Bularning bari zamonaviy sayyohlar uçun juda qiziq”,

















