Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 17:16 / 23.11.2018
7877
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistondagi portlash oqibatida 26 harbiy halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi
Foto: twitter/@MrKyruer
Afg‘onistonning Xust viloyatidagi masjidda sodir bo‘lgan portlash oqibatida kamida 26 nafar harbiy halok bo‘ldi, 50 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Pajhwok agentligining xabar berishicha, halok bo‘lganlar afg‘on harbiy xizmatchilaridir.
O‘z navbatida Tolo News telekanali portlashni hudkush terrorchi amalga oshirganini xabar qilmoqda.
20 noyabr kuni Afg‘oniston poytaxti Kobuldagi nikoh tantanalari o‘tuvchi saroyda sodir etilgan portlash oqibatida kamida 40 kishi halok bo‘lgan, 80 kishi jarohat olgandi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish