Skotland-yard London GRU sobiq polkovnigi Sergey Skripalning zaharlanişiga aloqador deb hisoblaydigan Aleksandr Petrov hamda Ruslan Boşirovning uşbu şaharda bölganiga oid yangi videoyozuvlarni e'lon qildi. Şuningdek, zaharlovçi modda bölgan flakon fotosurati ham joylaştirildi. Materiallar Britaniya politsiyasi veb-saytida mavjud.

Politsiya saytida aytilişiça, roliklarda Petrov va Boşirovning Solsberiga kelişi, söng şahar böylab harakatlanişi tasvirlangan. Ta'kidlanişiça, yozuvlar şu yilning 4 mart kuni olingan.

Bundan taşqari, Britaniya politsiyasi asab-falajlovçi modda bölgan atir uçun soxta idiş - flakonning bir neçta fotosuratini e'lon qildi. Londonning fikriça, u yerda «Noviçok» zahari bölgan, rasmiy Moskva bu modda Rossiya va sobiq SSSR davlatlari hududida işlab çiqarilganini bir neça marta rad etib çiqdi.

Saytda qayd etilişiça, Skripallar işi böyiça tergov davom etmoqda.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yuliya Skripalning qalliği yöqolib qolgani xabar qilingandi.












