Norvegiyalik şaxmat ustasi, amaldagi jahon çempioni Magnus Karlsen va amerikalik Fabiano Karuana Londonda ötayotgan, jahon çempioni unvoni uçun bahsning 9 ta ilk partiyasida durang natija qayd qilişdi.

Ular şu tariqa şaxmat toji uçun kuraşning durang natija bilan tugagan ilk partiyalari soni böyiça yangi rekord örnatişdi. Avvalgi rekord 1995 yilda Nyu-Yorkda rossiyalik Garri Kasparov va hindistonlik Vişvanatan Anand örtasidagi uçraşuvda qayd qilingandi. Şaxmatçilar ilk 8 ta partiyada durang natija qayd qilişgan.

9-partiyada oq donalar bilan öynagan Karlsen ustunligidan foydalana olmagan va partiya 56-yurişda pot bilan yakunlangan.

Umumiy hisob 4,5:4,5. Keyingi partiya bugun, 22 noyabrda ötişi belgilangandi.

Musobaqalar tartib-qoidalariga köra, raqiblar vaqtni nazorat qilgan holda umumiy hisobda 12 ta partiya ötkazişlari kerak. Agar hisob teng bölsa, ular yana bitta tezkor partiya ötkazişadi, söngra zarurat tuğilsa, blits va oq donalarga 5 daqiqa, qora donalarga 4 daqiqa ajratilgan, biroq oqlar yutişi kerak bölgan mini-partiya ötkazişadi.

Karlsen 2013 yildan beri şaxmat tojini özida saqlab kelmoqda. U tojni Vişvanatan Anandga qarşi bahsda qölga kiritgan. Norvegiyalik şaxmat ustasi 2016 yil noyabrda unvoni himoyasida rossiyalik Sergey Karyakinni tay-brekda mağlub etgan.