Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonida ayollarga taksichilik qilishga ruxsat berildi
Foto: Fotolia / mariemlulu
Saudiya Arabistonida ayollarga maxsus oilaviy taksilar haydovchisi bo‘lib ishlashga ruxsat berildi, deb xabar qildi Saudi Gazette nashri.
Saudiya Arabistoni davlat transport agentligining bildirishicha, ayol taksichilar yo‘lovchilarni agarda ular orasida kamida bir nafar yoshi katta ayol bo‘lsagina olishlari mumkin. Shuningdek, ayollar boshqaruvidagi taksining old o‘rindig‘iga erkak yo‘lovchilar o‘tirishi taqiqlanadi.
Oilaviy taksilarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha litsenziya ro‘yxatdan o‘tgan transport kompaniyalariga beriladi. Saudiya Arabistonining tegishli haydovchilik guvohnomasiga ega ayol fuqarolarigina bu taksilarni boshqarishi mumkin.
Joriy yilda Saudiya Arabistonida tarixda ilk bor ayollarga mashina minishni o‘rganishga va uni boshqarishga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
08:03
Infografika: dunyoning yirik shaharlarida taksi narxi
16:46 / 17.02.2026
Elektromobil egalari mashinasini quvvatlashda subsidiya oladi
10:51 / 22.01.2026
Eng og‘ir yuk mashinalari va yuridik shaxslarga tegishli taksilar uchun yangi avtoraqamlar joriy etiladi
10:51 / 21.01.2026