Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Majlisda deputatlar «Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida»gi qonun loyihasini atrofliça muhokama qilişdi.

Prezidentning 2018 yil 5 apreldagi farmoni bilan tasdiqlangan «Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tizimi faoliyatini tubdan takomillaştiriş böyiça kompleks çora-tadbirlar dasturi»ning 3-bandi ijrosi yuzasidan Taşqi işlar vazirligi tomonidan işlab çiqilgan uşbu qonun loyihasining asosiy maqsadi xalqaro şartnomalarni tuziş, çop etiş, röyxatga oliş, saqlaş, bajariş, ularning amal qilişini töxtatiş va tugatiş, şuningdek, ularning bajarilişini monitoring qiliş tartibini belgilaşdan iborat.

Yangi tahrirdagi «Özbekiston Respublikasining xalqaro şartnomalari töğrisida»gi qonunni qabul qiliş masalasining kompleks tahlili şuni körsatdiki, hozirda amal qilib turgan qonun 1995 yilda qabul qilingan bölib, qariyb çorak asr davomida Özbekistonda uşbu sohada kölamdor özgarişlar röy berdi. Bu esa, huquqni qöllaş amaliyotida ham muayyan özgarişlar bölişiga olib keldi. Şu bois, mazkur qonun loyihasida sohaga doir amaldagi qator yangi özgarişlar öz aksini topdi.

Loyiha matni «tuşunçalar apparati» bilan töldirildi. Xalqaro şartnomalarni huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy, ilmiy, ekologik va lingvistik, şuningdek, boşqa turdagi ekspertizadan ötkaziş mexanizmlari belgilandi. Taşqi işlar vazirligi tomonidan xalqaro şartnomalarning bajarilişi böyiça monitoring olib boriş mexanizmi kengaytirildi. Yuridik majburiyat yuklovçi hujjat bölmagan xalqaro aktlarning (deklaratsiya, qöşma bayonot, anglaşuv memorandumi va boşqalar) huquqiy holati belgilandi.

Deputatlar fikriça, qonun loyihasining qabul qilinişi mamlakat taşqi siyosatini amalga oşirişning asosiy vositalaridan biri bölgan xalqaro hamkorlikning şartnomaviy-huquqiy bazasini şakllantiriş va takomillaştirişga xizmat qiladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Özbekistonda valyuta muomalasiga talabçanlik kuçayişi xabar berilgandi.