O‘zbekiston | 16:13 / 23.11.2018
14656
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumatning ko‘chmas mulk bitimlarini notarial tasdiqlash bo‘yicha qarori qabul qilindi

Foto: Dreamstime

Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlashni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram-kanali xabar bermoqda.

Prezidentning 2018 yil 25 maydagi PQ–3741-son qarori bilan 2019 yil 1 yanvardan ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarni notarial tasdiqlash faqat gerbli blankalarda amalga oshirilishi belgilangan.

Qarorga muvofiq ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlar uchun gerbli blankalar Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan shakl bo‘yicha “Davlat belgisi” davlat-ishlab chiqarish birlashmasi tomonidan tayyorlanadi. 

Ko‘chmas mulkni ayirboshlash shartnomasining ikki nusxasi, ko‘chmas mulk bilan bog‘liq qolgan barcha bitimlarning bir nusxasi gerbli blankalarda rasmiylashtiriladi va gerb yig‘imi eng kam oylik ish haqining 10 foizi (20 ming 273 so‘m) miqdorida undiriladi.

Shuningdek, qarorga ko‘ra gerb yig‘imidan tushadigan mablag‘larning 50 foizi tuman va shaharlar byudjyetlariga, 50 foizi Adliya vazirligiga o‘tkaziladi.

Mavzuga oid