Parijda politsiya ikki haftadan beri benzin narxlari oshganiga qarshi norozilik namoyishlarida qatnashayotgan, nur taratuvchi jiletlardagi qatnashchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh sizdiruvchi gaz va suv otuvchi qurilmalardan foydalandi.
To‘qnashuvlar Yelisey maydonlarida yuz berdi, bu yerda politsiya namoyishchilarni hukumat binolariga yaqinlashtirmaslik maqsadida maxsus moslamalar joylashtirdi. Shanba kuni aksiyalarda 280 kishi ishtirok etdi; ular butun Fransiya bo‘ylab yo‘llarni to‘sib qo‘yishdi. Namoyishlar paytida 500dan ortiq odam jarohat oldi, ikki kishi halok bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijda Eyfel minorasi yopilishi, bu benzin narxining oshishiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tishi sababli yuz berishi xabar qilingandi.











