Avtomobillarga gaz quyiş kompressor stansiyalari orqali sotilayotgan tabiiy gaz narxlarining tahlili şuni körsatdiki, joriy yilning 16 noyabridan boşlab ular tomonidan sotiladigan tabiiy gaz narxi 300-400 sömga oşdi (1700-1800 sömdan 2000-2200 sömgaça), deb yozmoqda Moliya vazirligi axborot xizmati.
Vazirlik avtomobillarga gaz quyiş kompressor stansiyalari orqali sotiladigan tabiiy gaz narxini oşiriş uçun asos yöqligini yana bir bor ma'lum qilgan.
Qayd etilişiça, 16 noyabrgaça avtomobillarga gaz quyiş kompressor stansiyalariga gaz bir kubometr uçun 789,74 sömdan sotilgan (narx tabiiy gaz uçun bir kubometrga 289,74 sömlik ulgurji narx va bir kubometrga 500 sömlik maxsus investitsion ustama haqidan şakllantirilgan).
2018 yil 16 noyabrdan boşlab narx bir kubometr uçun 800 söm miqdorida (QQSni hisobga olgan holda) örnatilgan, ya'ni avval bir kubometrga 500 söm darajasida belgilangan maxsus investitsion ustama bekor qilindi va tabiiy gazni sotiş narxiga kiritilgan.
Moliya vazirligi fikriça, avtomobillarga gaz quyiş kompressor stansiyalari tomonidan narxning 17%ga kötarilişi asossiz hamda agarda narxlar 2018 yil 15 noyabrdagi darajaga tuşirilmasa, tegişli sanksiyalarni körişga majbur böladi. Jumladan, transport vositalari uçun benzin, dizel yonilğisi va gaz iste'moli uçun soliq stavkasini köpaytiriş orqali noqonuniy yöl bilan olinayotgan daromadlarni olib qöyiş taklifi beriladi yoki boşqa fiskal çoralar köriladi.
Xabarda ta'kidlanişiça, hozirgi vaqtda Davlat raqobat qömitasi, «Özdavneftgazinspeksiya» va davlat soliq xizmati organlariga qonunçilikda belgilangan tartibda nohalol raqobat faktlarini aniqlaş maqsadida avtomobillarga gaz quyiş kompressor stansiyalarida narxlar ustidan qat'iy nazorat örnatiş böyiça topşiriq berilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Moliya vazirligi avtomobil gaz töldiriş kompressor stansiyalari tomonidan realizatsiya qilinadigan tabiiy gazning ulgurji narxi oşişi kutilmayotgani haqida ma'lum qilgandi.

















