Singapurning Universal Success Enterprises kompaniyasi Toşkent viloyatida «aqlli şahar» barpo etiş va buning uçun 2,5 milliard dollar miqdorida sarmoyalar jalb qilişni rejalaştirmoqda.

Toşkentda 19-21 noyabr kunlari bölib ötgan turizm sohasidagi birinçi xalqaro investitsion forum doirasida «aqlli şahar» qurilişini nazarda tutuvçi memorandum imzolandi. Özbekiston tomonidan hujjatni Davlat investitsiya qömitasi imzoladi.

Kompaniya 2021 yil oxirigaça loyihani amalga oşirişni rejalaştirmoqda.

Universal Success Enterprises aqlli va sanoat şaharlarini qurişda tajribaga ega. Xususan, kompaniya tomonidan Hindistonda 152 gektar maydonda Kolkata West international city şaharçasi va 400 gektar hududda Dholera special investment region loyihasi amalga oşirildi.