Jahon | 17:14 / 30.11.2018
55517
2 daqiqa o‘qiladi

OAV: Rossiya G20’dagi uchrashuv bekor qilingani tufayli javob zarbasi beradi

Foto: AFP/Getty Images

Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan Argentinadagi G20 sammiti doirasida ikki tomonlama uchrashuv bekor qilingach, javob zarbasi berishi mumkin. Bu haqda Washington Examiner rossiyalik ekspertlar fikriga tayangan holda yozmoqda.

Tramp Putin bilan Buenos-Ayresda uchrashishi «ehtimoli» haqida ma'lum qilganidan bir soat o‘tib, uning tvitterida Rossiya yetakchisi bilan uchrashuv bekor qilinishiga oid xabar joylashtirildi. Qo‘shma Shtatlar prezidenti ikki tomonlama uchrashuvning bekor qilinishiga Kerch bo‘g‘ozidagi hodisa sabab bo‘lganini bildirdi. Bunday harakat Rossiyani Qo‘shma Shtatlardan uzoqlashtirishi hamda Rossiya prezidentining Amerikaga qarshi sanksiyalariga olib kelishi mumkin, deya ta'kidlaydi nashr.

«U [Putin] bundan ham qattiqroq ekanini ko‘rsatadi», - dedi AQShning Rossiyadagi sobiq elchisi Aleksandr Vershbou.

Nyu-Yorkdagi Yangi maktabning (New School) xalqaro munosabatlar bo‘yicha eksperti va SSSR sobiq yetakchisi Nikita Xrushchyovning evarasi Nina Xrushchyova fikricha, Trampning Putinni «jazolash» haqidagi qarori Amerika yetakchisining Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni muxolif jurnalist Jamol Qoshiqchi Turkiyadagi elchixonada o‘ldirilganidan keyin «jazolamaslik» bo‘yicha noaniq qarori tufayli ham alohida e'tiborga loyiqdir. Uning so‘zlariga qaraganda, Trampning bunday yondashuvi Rossiyaga ikkinchi darajali qudratli davlat roli berilgani, mamlakat yetakchisi esa o‘z bilganicha harakat qila olmasligiga oid «Vashington konsensusi» qabul qilinganini anglatadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Trampning Putin bilan uchrashuvni bekor qilish haqidagi qaroriga munosabat bildirgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid