Olimpiya öyinlarida sportning erkin kuraş turi böyiça iştirok etib, yuqori natijalarni qölga kiritgan Artur Taymazov sportçilarning taqdirini umrida biror marta maşq qilmagan kişilar hal qilayotganidan afsusda ekanini bildirdi. U bu haqda TASS agentligiga bergan intervyusida bayonot berdi.
Sport hakamlik sudi (CAS) Taymazovning Xalqaro Olimpiya qömitasi qarori yuzasidan bergan apellyatsiyasini rad etdi. HOQ uni 2008 yilgi Olimpiya öyinlari oltin medalidan mahrum etgan edi. HOQ 31 mart kuni Özbekiston terma jamoasini himoya qilgan Taymazovni Pekin olimpiadasi oltin medalidan mahrum etişini bildirgandi. Bunga sportçining doping-namunasida taqiqlangan turinabol moddasi topilgani asos bölgani aytilgandi
"Albatta, men adolat qaror topişiga umid qilgandim, ammo bunday bölmadi. Mening ğalabam haqiqiy bölgan edi, menga nisbatan qanday qaror qabul qilinişi, men haqimda qanday fikr bildirişlaridan qat'i nazar muxlislarim uçun men har doim uç karra olimpiya çempioni bölib qolaman. Alam qiladigani şundaki, bularning barini umrida biror marta maşq qilmaganlar hal qilmoqda. Ular hatto Olimp çöqqisi sari boradigan sportçi qanday sinovlardan ötişini tasavvur ham qila olmaydi. Ularning sport bilan qilayotganlari noinsoflikdir", - deb qayd etgan Taymazov.
Artur Taymazov erkin kuraş tarixidagi eng obröli sportçilardan biridir. Şimoliy Osetiyaning Nogir qişloğida tavallud topgan sportçi 2004, 2008, 2012 yillardagi Olimpiada ğolibi bölgan. 2000 yili Sidneyda bölib ötgan Olimpiya öyinlarining kumuş medalini qölga kiritgan. Taymazov 2016 yili RF Davlat dumasi deputatligiga saylangan.

















