Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi Ronaldu, Messi va Grizmann ishtirokisiz o‘tishi kutilmoqda
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Oltin to‘p» sovrinini topshirish marosimiga bormaydi. Bu haqda italiyalik jurnalist Alessandro Alchato o‘z tvitter sahifasida ma'lum qilgan.
Alchatoga ayon bo‘lishicha, Ronaldu ovoz berish natijalariga ko‘ra ikkinchi o‘rinni olganini bilgani bois shunday qarorga kelgan.
Avvalroq insayderlar mukofot «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrichga nasib etishi haqida ma'lum qilgandi. Uchinchi o‘rin «Atletiko»ning fransiyalik hujumchisi Antuan Grizmannga tegishli bo‘lib, u ham katta ehtimol bilan marosimga tashrif buyurmasligi kutilmoqda.
«Oltin to‘p» sohibini e'lon qilish tadbiri 3 dekabr, dushanba kuni Parijda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
19:28 / 08.07.2026
Afsonalarning ko‘z yoshlari va Trampni troll qilgan Belgiya. JChda 1/8 finalning asosiy voqealari
10:56 / 07.07.2026
JCh kundaligi. Ronaldu yana yig‘ladi, AQSh 4 ta gol o‘tkazdi
16:59 / 06.07.2026
JCh anonsi. Yamal Ronalduga, AQSh butun dunyoga qarshi
00:53 / 06.07.2026