O‘zbekiston | 01:13 / 01.12.2018
5872
2 daqiqa o‘qiladi

“Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasiga aylantiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta'minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasiga aylantirilmoqda va unga kanalizatsiya obektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklanmoqda.

Jamg‘armaning 248,1 million AQSh dollari miqdoridagi dastlabki kapitali quyidagi manbalar hisobidan shakllantirilsin:

  • 2019 yilgi O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti doirasida suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladigan kapital qo‘yilmalardan – 131,8 million AQSh dollari ekvivalentida;
  • xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlaridan – 95,6 million AQSh dollari miqdorida;
  • 2019 yil boshida belgilanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjyeti, viloyatlar byudjyetlari, Toshkent shahar byudjyeti mablag‘larining bo‘sh qoldiqlaridan – 20,7 million AQSh dollari ekvivalentida.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasiga 2019 yil 1 aprelga qadar suv ta'minoti va kanalizatsiya obektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish ishlarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari zayomlarini jalb qilish choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilmoqda.

Шуҳрат Шокиржонов
Tayyorlagan Шуҳрат Шокиржонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid