Azaldan şarqda ayollarga yuksak darajadagi hurmat va e'zoz körsatib kelingan. Biroq dunyoning barça mintaqalarida ham ayollar ardoqda emas.
BMTning Narkotiklar va jinoyatçilikka qarşi kuraşiş boşqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga köra, ötgan yilda dunyo böyiça 87 mingga yaqin xotin-qiz öldirilgan. Ulardan 50 ming nafari uydagi zöravonlik qurboni bölgan.
Boşqarma ijroçi direktori Yuriy Fedotovning aytişiça, ayollar gender notengligi, tahqirlaş va salbiy stereotiplardan eng köp aziyat çekmoqda.
Tahlillarning körsatişiça, dunyoda uy zöravonligi holatlari soni oşgan. Xususan, 2017 yilda öz yaqinlari yoki qarindoşlari zöravonligi oqibatida hayotdan köz yumgan ayollar soni umumiy qurbonlarning 58 foizini taşkil etdi. Bu 2012 yilga nisbatan 11 foizga köpdir. Bu boradagi eng xavfli hudud Afrika hisoblanadi. Bu yerda har 100 ming xotin-qizga qotillik koeffitsiyenti 3,1 nafarni taşkil etmoqda.
Bu körsatkiçlar Janubiy va Şimoliy Amerikada 1,6, Okeaniya 1,3, Osiyo 0,9, Yevropa 0,7 nafarga tengdir.
Mamlakatimizda ham ayol-qizlarga nisbatan zöravonlik muammosi bilan muntazam kuraşib kelinadi. Xususan, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita taşabbusi bilan Respublika Xotin-qizlar qömitasi tomonidan e'lon qilingan «16 kunlik» doirasida yurtimizdagi barça masjidlarda tarğibot işlarini taşkil etdi. Jumladan, Toşkent şahridagi Minor jome masjidida uşbu mavzu yuzasidan juma mav'izasi bölib ötdi.

















