AQŞda Teddy bear toss an'anaviy xayriya aksiyasida yangi rekord örnatildi. Amerika xokkey ligasining “Xyorşi” va “Bingemton” klublari örtasidagi uçraşuvi vaqtida muxlislar muz arenasiga 34 ming 798 ta yumşoq öyinçoq uloqtirişgan.
We can watch this a thousand times #TeddyBearTossHershey pic.twitter.com/aonDNfOsjw
— Hershey Bears (@TheHersheyBears) 2 dekabrya 2018 g.
Uçraşuv Xyorşidagi Giant Center arenasida ötgan. Töplangan öyinçoqlar 30 ta mahalliy xayriya muassasasi va bolalar uylariga tarqatiladi.
Teddy bear toss – xayriya aksiyasi bölib, ilk bor 1993 yilda ötkazilgan. Muxlislar öyinga turli yumşoq öyinçoqlar olib kelişib, mezbon jamoa birinçi şaybani urganda ularni muz ustiga uloqtira boşlaydilar. Bu an'ana muz ustiga yot buyumlarning uloqtirilişini qarşilamaydigan Milliy xokkey ligasidan taşqari, butun dunyoda keng tarqalgan.
Avvalgi rekord 2015 yilda “Kalgari” klubi öyinida örnatilgandi. Öşanda 25 ming 17 ta öyinçoq töplaşga muvaffaq bölingan.

















