Peterburgda O‘zbekistonning yetti nafar fuqarosi o‘limida ayblangan shaxsga hukm chiqarildi
Peterburg sudi 2017 yilning yozida ro‘y bergan yong‘inda O‘zbekistondan kelgan yetti nafar ishchi halok bo‘lgan, Kolpinodagi angarni ijaraga olgan tadbirkor ayolni ikki yilga ozodlikdan mahrum etish haqida qaror chiqardi. Bu haqda shahar sudlari matbuot xizmati xabar bergan.
«Sankt-Peterburgning Kolpino tuman sudi Yuliya Zabunovaga 2 yil umumiy rejimdagi axloq tuzatish koloniyasida ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishidagi jazo tayinladi. U ma'lum turdagi lavozimlarni 2 yillik muddat davomida egallay olmasligi belgilab qo‘yildi», - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Ayol sudda o‘z aybini tan olmadi.
2017 yilning 13 iyul kuniga o‘tar tunda Kolpinodagi Zagorodnaya ko‘chasidagi metall angarda yong‘in yuz berdi. Yong‘indan keyin u yerdan o‘zbekistonlik yetti nafar ishchining jasadi topildi.
Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, «Everest» MChJ bosh direktori Yu.Zabunova Kolpinodagi angarni ijaraga olib, u yerga o‘zbekistonlik yetti nafar ishchini joylashtirgan. Ularga yong‘in xavfsizligi qoidalari haqida tushuntirish berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Peterburgda o‘zbekistonlik aka-uka pichoqlab ketilgandi.