Jahon | 15:28 / 05.12.2018
38585
1 daqiqa o‘qiladi

Ramzon Qodirovning qarorgohini tozalashga 51 mln rubl sarflanadi

Foto: RIA Novosti/Grigoriy Sysoyev

Checheniston rahbari va hukumati ishlar boshqarmasi Ramzon Qodirovning Grozniydagi qarorgohiga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha e'lon joylashtirdi. Hujjatga ko‘ra, Checheniston hukumati qarorgohni tozalash ishlari uchun byudjyetdan 51,1 million rubl miqdorida mablag‘ ajratishga tayyor.

Shartnoma doirasida pudratchi binoning ichki qismini tozalashi, shuningdek, bog‘ bilan shug‘ullanishi, chiqindilarni olib chiqib tashlashi va bino old qismini yuvishi talab etiladi. Qodirovning qarorgohiga 18 yoshdan kichik bo‘lmagan va 40 yoshdan oshmagan ishchilar xizmat ko‘rsatishi kerak.

Qodirovning qarorgohi 2012 yilda qurilgan. «Novaya gazeta» ma'lumotlariga ko‘ra, uning qurilishi 10 milliard rublga tushdi, umumiy maydoni 64 ming kvadrat metrga teng.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qodirov Abu-Dabi shahzodasi bilan uchrashib, unga taklif bilan chiqqandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid