AQŞ prezidenti Donald Tramp Meksika bilan çegarada devor qurilişiga xarajatlar noqonuniy migratsiyadan yöqotiladigan mablağlardan 10 marta kamroq bölişini ma'lum qildi.
Trampning aytişiça, qurilişning töliq qiymati 25 mlrd dollarni taşkil qiladi, bu orada mamlakat migratsiya sababli har yili 250 mlrd dollar yöqotmoqda.
Prezident demokratlarni devor qurilişi moliyalaştirilişini qöllab-quvvatlaşga çaqirgan va bu maqsadda 3,5 mlrd dollar ajratilganini, yana 5 mlrd dollar ajratilişi söralgani va ma'qullanişni kutayotganini eslatib ötgan.
“Balki kimdir demokratlarga mamlakat noqonuniy migratsiya sababli har yili 250 mlrd dollar yöqotişini, ularning ovozlari bizga kerakligini tuşuntirib qöyar. Bu giyohvand moddalarning dahşatli oqimini hisoblamaganda. Çegaraning himoya qilinişi, jumladan devor qurilişi 25 mlrd dollar turadi. U özini 2 oyda oqlaydi. Buni qiling”, deb yozgan Tramp tvitterda.
Avvalroq Tramp zarurat bölsa AQŞning janubiy çegarasini noqonuniy muhojirlardan himoyalaniş uçun töliq yopib qöyiş bilan tahdid qilgandi.

















