Markaziy bank 12 dekabr kuni ikkita depozit auksioni ötkazilişi haqida e'lon qildi.

Har ikkisi ham foizli depozit auksion turi. Depozit muddati - 14 va 30 kunga. Birinçisida depozit auksioni böyiça maksimal foiz stavkasi 16 foiz, ikkinçisida - 17 foiz.

Mablağlar depozitga 12 dekabr kuni ötkaziladi va mos ravişda, 2018 yil 26 dekabr hamda 2019 yil 11 yanvar kuni mablağlar qaytariladi va depozit böyiça foizlar tölanadi.

Birinçisida (14 kun) depozit auksioniga jalb qilinadigan mablağlarning maksimal miqdori 400 mlrd söm, har bir ariza böyiça taklif etiladigan minimal miqdor - 1 mlrd söm. Ikkinçisida (30 kun) depozit auksioniga jalb qilinadigan mablağlarning maksimal miqdori - 200 mlrd söm, har bir ariza böyiça taklif etiladigan minimal miqdor - 1 mlrd söm.

Depozit auksioni - bu Markaziy bank tomonidan tijorat banklaridan depozitlar joylaştiriş uçun qabul qilib olinuvçi auksion savdolari.

Eslatib ötamiz, avvalroq Markaziy bank qayta moliyalaş stavkasini qaçon körib çiqişi ma'lum bölgandi.