Bugun, 6 dekabr kuni Namangan viloyatining ayrim hududlari aholisini gumburlagan ovoz bezovta qildi. Portlaş ovozi kun yarmida eşitilgan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari kuçli portlaş ovozini eşitganini, biror gaz-zapravka portlaganini taxmin qilişgan. 

«Neft çiqarişyapti-ku xitoyliklar, öşalar portlatdi», — deyiladi boşqa bir xabarda.

Kun.uz manbalariga köra, bu ovoz Namangan viloyatining Mingbuloq şaharçasi yaqinidagi neft konidagi geologik qidiruv işlari davomida amalga oşirilgan. Biroq, holat yuzasidan biror rasmiy xabar tarqatilmagan.

Ma'lumot uçun, 1995 yilda ham Mingbuloq tumanidan katta miqdorida neft çiqqan edi. Biroq amalga oşirilgan çora-tadbirlar neftni «böysundiriş» uçun yetarli bölmagan va undan samarali foydalaniş imkoniyati yöqqa çiqqandi. 

2017 yilning iyunida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Mingbuloq tumanidagi mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi «Mingbuloqneft» Özbekiston — Xitoy qöşma korxonasiga taşrif buyurgan, konda yangi qidiruv quduği işga tuşirilgandi.

2017 yilning noyabr oyida ham Mingbuloq tumanida yirik neft koni topilgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Uşbu konda köp yillardan buyon Özbekiston va Xitoyning yetakçi mutaxassislari tomonidan qazilma işlari jadallik bilan olib borilmoqda. 

Mingbuloq
Foto: Vikipediya

Internet manbalaridan olingan ma'lumotlarga köra, Özbekistonning geologik neft zaxirasi – 5 mlrd. tonnani taşkil etib, aniqlangan neft zaxirasi esa 530 mln. tonnadan ziyod.