Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armanistondagi parlament saylovlarining dastlabki natijalari ma'lum qilindi
Armaniston bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Nikol Pashinyanning “Mening qadamim” bloki, “Farovon Armaniston” va “Shavkatli Armaniston” partiyalari mamlakatda o‘tgan parlament saylovlarining dastlabki natijalariga ko‘ra mamlakatning yangi parlamentiga o‘tdi.
2010 ta saylov uchastkasining 1802 tasidan olingan byulletenlar qayta ishlangandan keyin “Mening qadamim” bloki 70,45 foiz, “Farovon Armaniston” 8,37 foiz va “Shavkatli Armaniston” partiyasi 6,37 foiz ovoz to‘plagan.
Mamlakat tarixida muddatdan avval parlament saylovlarida ilk bor 2 ta blok va 9 ta partiya ishtirok etdi. Partiya parlamentga o‘tishi uchun 5 foizdan ko‘proq, blok esa 7 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi kerak edi. Armaniston qonunchiligiga ko‘ra, parlamentda kamida 3 ta siyosiy kuch taqdim qilingan bo‘lishi kerak.
Mavzuga oid
09:45 / 15.06.2026
Armaniston sobiq prezidentiga mamlakatdan chiqish taqiqlandi
15:04 / 13.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Nikol Pashinyanni saylovdagi g‘alabasi bilan tabrikladi
10:45 / 13.06.2026
Armanistonda saylov ovozlari qayta sanaldi
16:23 / 11.06.2026