Kataloniya hukumati rahbari Kim Torra hibsda uşlab turilgan kataloniyalik siyosatçilar bilan birdamlik sifatida 48 soatlik oçlikni boşladi. Bu haqda La Vanguardia naşri ma'lum qildi.
Ma'lum qilinişiça, Torra oçlik tugagunça 11 dekabrgaça Montserrat monastirida qoladi. Torra deputatlar va faollar 7 dekabrda boşlagan aksiyaga qöşilgan. Aktsiya iştirokçilari 20 dekabrgaça siyosiy mahbuslar himoyasiga navbati bilan qisqa muddatli oçlik e'lon qilişmoqçi.
Bir neça kun avval hozirda hibsda uşlab turilgan, Kataloniya milliy kengaşining sobiq rahbari Jordi Sançes, parlamentning sobiq deputati Jordi Turul va Kataloniyaning sobiq içki işlar vaziri Joakim Forn oçlik e'lon qilişgan.
Noyabr boşida Ispaniya prokuraturasi Kataloniyaning sobiq vitse-prezidenti Oriol Junkerasga 25 yillik, muxtoriyat hukumatining boşqa a'zolariga 16 va 17 yillik qamoq jazolari berilişini söragan. Junkeras va Kataloniya hukumatining bir neça sobiq a'zosi 2017 yil noyabr boşida hibsga olingandi. Kataloniyaning sobiq rahbari Karles Puçdemon va jyeneralitetning bir qism a'zolari xorijda yaşirinişgan.













