Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari portalida Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi va Markaziy bank boshqaruvining “Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Ayrim turdagi aksizli tovarlarni ishlab chiqarish va sotishning hisobi tizimi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar

IV bo‘lim nomidagi “mamlakatimizda ishlab chiqarilgan” so‘zlar chiqarib tashlanadi.

11 va 12-bandlar quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“11. Jismoniy shaxslar tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar uchun to‘lovlarni amalga oshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

banklarning kassalari orqali naqd pulga;
pul mablag‘larini omonat (depozit) hisob raqamlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish yo‘li bilan;
jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning plastik kartalari vositasida;
jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning ssuda hisob raqamlaridan pul mablag‘larini o‘tkazish, hamda boshqa kredit tashkilotlarning hisoblaridan jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit (ssuda) berish yo‘li bilan;
chakana to‘lov tizimlari va mobil ilovalar orqali.

12. Yuridik shaxslar tomonidan mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar uchun to‘lovlarni amalga oshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

pul mablag‘larini ularning hisob raqamlari orqali o‘tkazish yo‘li bilan (masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish tizimi orqali to‘lovni amalga oshirishni o‘z ichiga olgan holda);
korporativ bank plastik kartalari vositasida.”.

14-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“14. Ishlab chiqaruvchi korxona bilan dilerlik bitimlari tuzgan rasmiy dilerlar:
o‘z avtosalonlariga hamda mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar va ularning ehtiyot qismlarini saqlash uchun zarur omborxonalarga ega bo‘lishlari;