Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hukumatning pillachilik sohasi bo‘yicha yangi qarori kutilyapti
Foto: Getty Images
Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003 yil 9 sentabrdagi 390-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qarori loyihasi tayyorlandi.
Hujjat ipak mahsulotlarini, shu jumladan pilla va ipak xom ashyolarini qayta ishlash natijasida olinadigan chiqindilarni eksport qilish tartibini soddalashtirish, shuningdek, mahalliy ipak mahsulotlari eksport hajmini oshirish va diversifikatsiyalash maqsadida qabul qilinishi mumkin.
Vazirlar Mahkamasining “Pillachilik sohasi korxonalarining moliyaviy faoliyatini barqarorlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2003 yil
9 sentabrdagi 390-son qarori 3-bandining ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinadi:
“istisno tariqasida, “O‘zbekipaksanoat" uyushmasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga ipak ipining bo‘sh qoldiqlarini, shuningdek ishlab chiqarilayotgan quruq pillaning 50 foizgachasini, shu jumladan, ipak chiqindilari (titishga yaroqsiz pilla, ipak ipi chiqitlari va titilgan xomashyo)ni jahon darajasiga muvofiq bo‘lgan narxlarda eksportga, shu jumladan, tovar-xomashyo birjalari orqali erkin almashtiriladigan valyutaga va milliy valyutaga sotishga ruxsat berilsin”.
Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari N.S. Otajonov, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri J.A. Xo‘jayev va “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi raisi B.Q. Sharipov zimmasiga yuklanadi.
Mavzuga oid
08:32 / 17.03.2026
Yirik va megaloyihalar uchun parallel ekspertiza amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi
15:31 / 14.03.2026
Har ikki yilda 3 ming nafar statistika mutaxassisi o‘qitiladi
10:12 / 10.03.2026
Toshkentda Navro‘z munosabati bilan xalq sayillari tashkil etiladi
10:48 / 12.02.2026