Birlaşgan Arab amirliklarida klublar örtasidagi jahon çempionati start oldi.

Unda Janubiy Amerikadan «River Pleyt» (Argentina), Yevropadan «Real Madrid» (Ispaniya), Osiyodan «Kaşima Antlers» (Yaponiya), Afrikadan «Esperans» (Tunis), Şimoliy Amerikadan «Gvadalaxara» (Meksika), Okeaniyadan «Vellington» (Yangi Zelandiya) va mezbon vakili sifatida «Al-Ayn» (BAA) klublari iştirok etmoqda.

Saralaş bosqiçida «Vellington» va «Al-Ayn» klublari bellaşdi. Unda arab jamoasi 0:3 hisobida ortda borayotgan bölsa-da, vaziyatni tenglaştirib, penaltilar seriyasida ğalaba qozonişga erişdi.

Musobaqa 22 dekabrgaça davom etadi.

Saralaş bosqiçi
12 dekabr 
Al-Ayn (BAA) - Velington (Yangi Zelandiya) 3:3 pen. 4:3
Gollar: Şiotani (45), Dumbiya (49), Berg (85) – Barsia (11), Klephem (15), Iliç (44)

Çorakfinallar
15 dekabr, 16:00
1. Kaşima Antlers (Yaponiya) - Gvadalaxara (Meksika)

15 dekabr, 19:30
2. Esperans (Tunis) – Al-Ayn (BAA) 

5-örin uçun bahs
18 dekabr, 16:30
Çorakfinalda mağlub bölgan jamoalar öynaydi

Yarimfinallar
18 dekabr, 19:30
River Pleyt (Argentina) – 2-Çorakfinal ğolibi

19 dekabr, 19:30
1-çorakfinal ğolibi - Real Madrid (Ispaniya)

3-örin uçun bahs
22 dekabr, 16:30

Final
22 dekabr, 19:30