Marokaşda ötgan klublar örtasidagi jahon çempionati yakuniga yetdi. 

Finalda YeÇL ğolibi «Real» OÇL çempioni «Al Hilol» bilan töqnaş kelib, 8ta gol urilgan öyinda ğalaba qozondi. 

Bellaşuvda 3ta dubl qayd etildi — madridliklardan Vinisius hamda Valverde, Osiyo jamoasidan «Atletiko» va «Vilyarreal»ning sobiq hujumçisi Vetto buni uddalaşdi. Şuningdek, Benzema va Marega öz hisoblariga gol yozdirib qöyişdi.

Şu tariqa Madrid klubi 5-bor uşbu turnirda zafar quçdi. Bu — rekord. Eng yaqin ta’qibçi «Barselona» hisobida 3ta çempionlik bor.

Klublar örtasidagi JÇ. Final
Real — Al Hilol 5:3
11 fevral, «Mulaya Abdulla»
Gollar: Vinisius (13, 69), Valverde (18, 58), Benzema (54) — Marega (26), Vetto (63, 79).
Real – Lunin, Karvaxal (Valexo, 79), Alaba, Ryudiger, Kamavinga, Modriç (Naço, 74), Kroos (Asensio, 74), Tçuameni (Sebalos, 62), Valverde, Benzema (Rodrigo, 62), Vinisius.
Al Hilol – Al Mayuf, Abdulhamid, Çjan Hyon Su, Al-Bulayxi, Xalifa Ad Dovsari, Karrilo (Maykl Riçard, 75), Kuelyar, Salim Ad Dosari (Nosir Ad Dovsari, 75), Kanno, Vetto (Al Hamdan, 87), Marega (Igalo, 86).