Qatarda klublar örtasidagi jahon çempionati yakuniga yetdi. Finalda YeÇL ğolibi «Bavariya» KONKAKAFning eng kuçli jamoasi «Tigres» ustidan minimal hisobda ğalaba qozondi. Benjamin Pavarning yagona goli nemis klubiga ikkinçi bor jahon çempionlikni taqdim etdi.

Şu tariqa myunxenliklar ötgan mavsum hisobidan 6-sovrinni ham qölga kiritişdi va 2009 yili «Barselona» tomonidan örnatilgan rekordni takrorlaşdi. 

Klublar örtasidagi JÇ, final

Bavariya — Tigres 1:0
11 fevral, «Al Rayyan» stadioni

Gol: Pavar (59).
Bavariya – Noyyer, Zyule, Devis, Pavar, Alaba, Koman (Duglas Kosta, 74), Kimmix, Sane (Musiala, 73), Gnabri (Tolisso, 64), Lyuka Ernandes, Levandovski (Şupo-Moting, 73). 
Tigres – Gusman, Reyyes, Salsedo, Rodriges (Kinones, 80), Pisarro, Duenyas, Akino, Rafael Karioka, Kinones, Gonsales, Jinyak.
Ogohlantirişlar: Duenyas (42), Rodriges (69), Rafael Karioka (90).