Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davron Nazarmuhammedov: «Ichki ishlar tizimi xodimlarining jinoyatlari biz uchun sharmandali hol»
Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Oliy Majlis Senatining o‘n yettinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Davron Nazarmuhammedovning 2018 yil davomida ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarlikning oldini olish sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.
Senator Abduqodir Toshqulov IIV vazirining birinchi o‘rinbosariga ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlar to‘g‘risidagi savol bilan yuzlandi.
«Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda VSF raqamli avtomobilning huquq-tartibot organi xodimini urib ketgani aks etgan videolar tarqaldi. Xalq orasida VSF kengaytmasi «Vatanning sodiq farzandlari» degan ma'noni anglatadi, degan gap ham yuradi. Vatanimizning sodiq farzandlari orasida xalq uchun, chin ko‘ngildan emas, negadir majburiyat uchun ishlayotgan xodimlar ham bordek tuyuladi. Tizimdagi dog‘larga qarshi qanday kurashilmoqda?», degan senator.
«Respublikamizda IIV tizimida shaxsiy tarkib xodimlarining soni 120 ming nafarni tashkil etadi. Afsuski, bir-ikki shunday sharmandali holatlar ham uchrab turibdi. Ichki ishlar tizimi xodimlarining jinoyatlari biz uchun sharmandali hol. Vazirlik tizimida bunday holatlarning oldini olish va bunday salbiy holatlarga qarshi kurashish maqsadida o‘z xavfsizlik xizmatimiz tashkil etilgan. Tartib-intizom va nazorat doimo e'tibor markazimizda. O‘tgan yil bilan solishtirganda oddiy xodimlarning tartibsizligi darajasi 60 foizga kamaygan», deya vazir o‘rinbosari so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
11:19 / 19.05.2026
Shartli ozod qilingan shaxslar ustidan nazorat kuchayadi
21:46 / 18.05.2026
Avtomobil odometrini o‘zgartirib, bu haqda xaridorni ogohlantirmaganlik uchun javobgarlik belgilanadi
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
18:24 / 08.04.2026