Hukumat o‘qituvchilardan ortiqcha hisobotlarni talab qilishga barham berish bo‘yicha qaror qabul qiladi
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Xalq ta'limi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari, Moliya vazirliklari, Ta'lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining umumiy o‘rta ta'lim muassasalari rahbar va o‘qituvchilarining ish vaqti me'yorlarini qayta ko‘rib chiqish asosida ortiqcha hisobotlarni kamaytirish, ta'limni boshqarish organlari va rahbarlari, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilmagan hisobotlar va qo‘shimcha ma'lumotlarni talab qilishga barham berish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullanishi mumkin.
Belgilanishicha:
2019 yil 1 sentabrdan boshlab umumiy o‘rta ta'lim muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lashning bazaviy tarif stavkalarini belgilash boshlang‘ich sinflarda haftasiga 16 akademik soat, yuqori sinflarda 18 akademik soat hisobidan amalga oshiriladi;
umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining rahbar va pedagog xodimlaridan ularning o‘quv yuklamalaridan tashqari lavozim majburiyatlari bilan bog‘liq ortiqcha hisobotlar va qo‘shimcha ma'lumotlarni talab qilish qat'iyan taqiqlanadi.
Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlanadi:
Xalq ta'limi tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizom;
Xalq ta'limi muassasalari pedagog xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari;
Xalq ta'limi muassasalari rahbar xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha bazaviy tarif stavkalari miqdorlari;
Umumiy o‘rta ta'lim muassasalarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirishning direktor jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi:
xalq ta'limi muassasalari pedagog xodimlarining o‘z ustida ishlashi hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish orqali ta'lim-tarbiya sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqadi va joriy etadi;
umumiy o‘rta ta'lim muassasalari pedagog xodimlarining lavozim majburiyatlarini qayta ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi.
Tavsiya etamiz
Boylar davrasi: dunyo milliarderlari Tramp inauguratsiyasida yig‘ildi
Jahon | 22:19 / 21.01.2025
Qo‘li kesilgan 2 oylik chaqaloq: uning yaqinlari shifokorlardan norozi
Jamiyat | 14:20 / 21.01.2025
100 dollarlik banknotaning eskisidan voz kechilyaptimi?
Iqtisodiyot | 11:05 / 21.01.2025
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16 / 21.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentdagi davlat idoralarida har juma «Milliy liboslar kuni» o‘tkaziladi
Jamiyat | 16:18
-
Bayden oila a’zolari va Kapitoliyga hujum tergovchilarini oldindan afv etdi. Bu nima uchun kerak?
Jahon | 15:46
-
Har ikki tomon ham yon berishi kerak - AQShning yangi davlat kotibi Ukrainadagi sulh haqida
Jahon | 15:12
-
O‘lim uchun “navbat kutish” – dunyodagi eng baland cho‘qqiga chiqish mashaqqatlari haqida
Jahon | 15:06
Mavzuga oid
12:22 / 23.12.2024
Kurash trenerlari va hakamlarini xorijiy davlatlarga “eksport” qilish yo‘lga qo‘yiladi
11:18 / 27.11.2024
Milliy simfonik orkestri xodimlari maoshi oshiriladi
09:50 / 23.10.2024
Tadbirkorlardan hisobot talab qilib olishda davlat organlari mas’uliyati oshiriladi
09:55 / 15.10.2024