Professional boksda faoliyat boşlagan Isroil Madrimovning AQŞda ötgan ilk professional jangidan söng xorijiy safardan qaytgan boks böyiça Özbekiston terma jamoasi boş murabbiyi Tölqin Qiliçev va jamoaning katta murabbiyi Rahmatjon Rözioxunov Kun.uz tahririyatida mehmon böldi.

Terma jamoa murabbiylari özbek boksining bugungi holati, jahondagi kuçli professional va havaskor boks maktablari, boksçilarimizning tayyorgarligi va özlarini tutişi, MakGregor va Nurmagomedov jangi, hakamlarning qarorlari töğrisida öz fikrlarini bildirib ötişdi.
Murabbiy Rahmatjon Rözioxunov jahon boks maktablari bilan özbek boks maktabini soliştirdi.
«Kuba, AQŞ boks maktablarining tajribasi haqida barçamiz yaxşi bilamiz. Şuni qöşimça qilmoqçimanki, jahonning kuçli boks maktabi sanaluvçi - Angliya terma jamoasi vakillari ötgan yili Özbekistonga kelib, tayyorgarlik körgandi. Şu jamoaning töqqiz vakili Boks böyiça Germaniyada ötgan jahon birinçiligiga yöllanmani qölga kiritdi. Men Angliya boks maktabi tarbiyalanuvçilari Özbekistonga kelib, tajriba almaşganidan xursandman.

AQŞ va Kuba boks maktabiga töxtalib ötsak, AQŞ professional yönalişda dunyodagi eng kuçli boks maktabi sanalsa, Kuba havaskor boks böyiça eng tajribali maktablardan. Biz esa jahonda boks böyiça kuçli uçlik peşqadami bölib turganimizdan xursandmiz. Biz bu maqomni saqlab qoliş uçun izlaniş va harakatdan töxtamasligimiz kerak.
Murabbiylar jamoasi sportçilarimizning jismoniy holati va jamoa darajasini barqaror uşlab turiş uçun Özbekiston boks federatsiyasi bilan maslahatlaşib oldi. Bu bilan biz ularni töla professional boks izmiga topşirganimiz yöq, balki boksçilarimiz Olimpiadagaça, havaskor yönalişdagi nufuzli musobaqalarga qadar tayyorgarlikni susaytirmasligi, maqsadlarimizga yetiş uçun kelişib, şu qarorga keldik.

Bundan taşqari, masalan, AQŞdagi beşta taniqli boks klubi Isroilning jangidan söng ular bilan fikr va tajriba almaşiş uçun taklif qilişdi. Biz şularning 2tasiga ulgurdik xolos.















