Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shuhrat G‘aniyev Sog‘liqni saqlash vazirligidan ko‘mak so‘radi
Senat yalpi majlisining ikkinchi kunida Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyevning hisoboti tinglandi.
Kun.uz muxbiri xabar qilishicha, hokim o‘z nutqida viloyatdagi sog‘liqni saqlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona viloyatida bugungi kunda surunkali buyrak yetishmovchiligi kasalligiga chalinganlar soni 3,5 ming nafarni tashkil etayotganini ta'kidlab o‘tdi va bemorlar ko‘pligini inobatga olib, Sog‘liqni saqlash vaziridan viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida 20 nafar bemorga xizmat ko‘rsatuvchi «gemodializ markazi»ni tashkil etish va uni zamonaviy diagnostika hamda tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash masalasida ko‘mak berishni so‘radi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev bu yil O‘zbekistonga 65ta yangi gemodializ apparatlari keltirilgani, kelasi yilda gemodializ va safro apparatlari uchun 40 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ ajratilganini ta'kidlab o‘tdi.
Ma'lumot uchun, ayni vaqtda 14ta gemodializ apparati xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026