Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Har doim pul yetishmaydi». Kreml Qodirovning bayonotiga munosabat bildirdi
Foto: Stanislav Krasilnikov / TASS
Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning pul yo‘qligi va mintaqaga haddan tashqari e'tibor berilishi haqidagi bayonoti oddiy holat sanaladi. Bu haqda 14 dekabr, juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov xabar berdi, deb yozmoqda RBK.
«Davlat rahbari bilan suhbatda bo‘ladigan mintaqa rahbarlari ko‘pincha o‘z sub'yektlari hududidagi u yoki bu obektlarni moliyalashtirish hajmini oshirish zarurligi haqidagi masalani ko‘taradilar. Xuddi shu narsa Checheniston Respublikasida ham kuzatilmoqda, bu rivojlanishning oddiy holati. Har doim pul yetishmaydi», - deya ma'lum qildi Peskov.
Foto: IZVeSTIYa/Pavel Bednyakov
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Checheniston Respublikasi rahbari Ramzon Qodirov xalaqit bermaslik va ko‘proq pul ajratishni so‘ragandi.
Qodirov Shimoliy Kavkazni rivojlantirish bo‘yicha Federal maqsadli dasturni bajarish samaradorligiga oid Hisob palatasining hisobotiga munosabat bildirib, pul yetishmovchiligi va mintaqaga haddan tashqari katta e'tibor qaratish unga ko‘proq narsaga erishishga to‘sqinlik qilganini aytdi.
Qodirov so‘nggi 11 yil ichida qanday katta yutuqlarga erishish imkoni bo‘lgani haqidagi savolga javob berib, ishonch bilan shunday dedi: «Albatta, qilishimiz mumkin edi». Mintaqa rahbarining bildirishicha, respublikaga katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun ko‘proq pul kerak.
Mavzuga oid
10:09 / 08.04.2026
Rossiya sudi “Ichkeriya”ni terroristik tashkilot deb topdi
08:33 / 13.02.2026
OAV: YTHdan keyin Adam Qodirovning talog‘i olib tashlangan
18:42 / 08.02.2026
Ukraina asirligidan 20 nafar chechen qaytarildi. Ular jangsiz taslim bo‘lishganini aytishgandi
14:47 / 12.01.2026