Çilida Alexandro Ramos ismli ğavvos suv sirtiga kötariliş bilan muammo yuz bergani sabab tanasi hajmi göyoki u birdaniga şişib ketganday keskin kattalaşib ketdi. Bu haqda Daily Mail naşri xabar berdi.
Ramos 30 metr çuqurlikda işlayotganda favqulodda vaziyat yuz bergan: nafas oliş uçun havo yetkazib turuvçi şlangga şikast yetişi sababli u şoşilinç ravişda suv sirtiga kötarilişiga töğri kelgan. Sirtga tez kötariliş ğavvoslar uçun falokatli ta'sir qilişi mumkin: ularda dekompression kasallik avj olişi, oğir holatlarda esa ölimga olib kelişi mumkin. Ramos omon qolgan, biroq uning tanasi şişib ketgan.
Ğavvosning vazni keskin oşib, 30 kgga oğirlaşgan. Erkakning yelka, qöl va kökrak muşaklari kattalaşib ketgan. Ramos puli yöqligi sababli malakali tibbiy yordam sörab murojaat qilolmagan.
Falokat erkakning hayotiga fojiali ta'sir körsatgan. U işlay olmagan, odamlardan özini olib qoçgan, tuşkunlikka tuşib, hattoki öz joniga qasd qilişni öylay boşlagan. Biroq Ramos tuşgan holat bilan Limadagi harbiy-dengiz floti tibbiyot markazi qiziqib qolgan. U yerda ötkazilgan taşxis ğavvosning tanasidagi yoğ töqimalari ular içiga kirgan azot pufakçalari hisobiga kattalaşganini körsatgan. Ta'kidlanişiça, erkak davolanişdan taşqari, plastik operatsiyalardan ham ötişiga töğri keladi.

















