Angliya çempionati 17-turidagi markaziy uçraşuv Liverpuldagi «Enfild» stadionida bölib ötdi. Unda «Liverpul» «Mançester Yunayted»ni qabul qildi va 3:1 hisobida ğalaba qozondi.
Öyinda hisobni 24-daqiqada Sadio Mane oçdi, köp ötmasdan Jyessi Lingard hisobni tenglaştirdi.
Ikkinçi bölimda Yurgen Klopp maydonga Keyta örniga Jyerdan Şaqirini taşladi va şveysariyalik futbolçi qisqa vaqt içida ikkita gol urib, jamoasi ğalabasini ta'minladi.
Mersisaydliklar bu ğalaba evaziga oçkolari sonini 45taga yetkazdi va turnir jadvalida yana «Mançester Siti»ni (44 oçko) quvib ötib, peşqadamga aylandi. «Mançester Yunayted» esa 26 oçkosi bilan oltinçi örinda qoldi.
Angliya çempionati
17-tur
Liverpul – Mançester Yunayted 3:1 (1:1, 2:0)
Gollar: 1:0 – 24 Mane, 1:1 – 33 Lingard, 2:1 – 73 Şaqiri, 3:1 – 80 Şaqiri.
Liverpul – Alisson, Lovren, Robertson, Klayn, van Deyk, Veynaldum, Fabino, Keyta (Şaqiri, 70), Mane (Henderson, 84), Saloh, Firmino.
Mançester Yunayted – De Xea, Darmian, Lindelef, Yang, Bayi, Errera (Marsyal, 79), Lingard (Mata, 85), Matiç, Diogu Dalot (Fellayni, 46), Reşford, Lukaku.
Ogohlantirişlar: Diogu Dalot (26), Lukaku (40).

















