Qiş faslida sevib iste'mol qilinadigan mevalardan biri — mandarin. Uşbu mevani yeb körmasdan mazalisini tanlaş mumkinmi?
Sifati yomon mandarinlarning belgisi
Dökonga kelib aynan şu belgilarga e'tibor bering. Ana öşanda sifatsiz mahsulot xarid qilişning oldini olgan bölasiz:
Moğor – bari kundek ravşan, moğor bosgan mandarinlarni sotib oliş kerak emas.
Mandarin pöstidagi çuqur çiziqlar va ezilişlar – bunday mandarinlarning ta'mi tezda özgaradi.
Öta pişib ketgan meva – bu kabi mandarin qöl bilan uşlab körilganida yumşoq, pösti tezda arçiladi. Köpinça uning içi suvsiz va qup-quruq böladi.
Agar mandarinlarni ularning bargiga qarab tanlasangiz, katta xato qilasiz. Mandarin barglari sarğaymaydi, ular doim yam-yaşil. Şuningdek, mandarin sifatiga pöstidagi mayda teşiklar, doğlar ta'sir qilmaydi.
Mandarinlarni tanlaşda ularning taşqi körinişiga e'tibor beriş lozim. Pösti butun, qiriliş va ezilişlarsiz bölişi lozim. Mevaning özi esa tarang va ziç bölişi kerak.
Bir yeyişda qança mandarin iste'mol qiliş mumkin?
Kun davomida katta odamga 6-7 ta meva iste'mol qiliş tavsiya etiladi. Agar sizda allergiyaga moyillik bölsa, yaxşisi 1-2 dona bilan çeklangan ma'qul.

















