Iqtisodiyot | 10:21 / 17.12.2018
13836
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning 11 oylik tashqi savdo aylanmasi 28,6 mlrd dollarni tashkil etdi

Foto: Valentin Ogirenko / Reuters

2018 yil yanvar-noyabr oylari yakunlariga ko‘ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 28 664,7 mln. AQSh dollarini tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17,6%ga o‘sdi.

Davlat statistika qo‘mitasi xabariga ko‘ra, eksport hajmi 11 324,0 mln. AQSh dollarga (3,2%ga kamaygan) va import hajmi 17 340,7 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur'ati 36,8%) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 6 016,7 mln. AQSh dollarini tashkil qildi.

2018 yil yanvar-noyabr oylarida respublika tashqi savdo aylanmasida yuqori ulushga ega davlatlar ketma-ketligi joriy yilning yanvar oyidan buyon deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda.

2018 yil yanvar-noyabr oylarida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 38,2%ni tashkil etdi hamda tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 32,4%ga oshdi. Boshqa xorijiy davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2017 yilning yanvar-noyabr oylarida 61,1%ni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning ushbu davrida esa tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 61,8%ga yetdi.

2018 yil yanvar-noyabr oylarida eksport hajmi 11 324,0 mln. AQSh dollarga (3,2%ga kamaygan) teng bo‘ldi. eksport tarkibida tovarlar 75,5% ulushga ega, bular asosan energiya manbalari va neft mahsulotlari (21,0%), oziq-ovqat mahsulotlari (9,0%), shuningdek, kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (7,3%) guruhlari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida import hajmi 17 340,7 mln. AQSh dollariga (o‘sish sur'ati 36,8%) teng bo‘ldi. Import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar (41,9%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (13,2%) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (8,2%) guruhlari hisobiga to‘g‘ri keldi.

Mavzuga oid