Moliya vazirligi va Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti qarori bilan Auditorlik taşkilotlari uçun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça içki nazorat qoidalari tasdiqlandi.
Qarorga ilova qilingan içki nazorat qoidalariga köra, quyidagilar içki nazoratning maqsadi hisoblanadi:
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştiriş, terrorizmni moliyalaştirişga va ommaviy qirğin qurolini tarqatişni moliyalaştirişga qaratilgan pul mablağlari yoki boşqa mol-mulk bilan boğliq operatsiyalarni samarali aniqlaş va oldini oliş;
auditorlik taşkilotlarini jinoiy faoliyatga qasddan yoki qasddan bölmagan holda jalb etilişiga yöl qöymaslik;
tavakkalçiliklarni aniqlaş, baholaş, hujjatlarda qayd qiliş va kamaytiriş;
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşişga oid qonun hujjatlari talablariga qat'iy rioya etilişini ta'minlaş.
Qaror bilan quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar öz kuçini yöqotgan deb topildi:
1. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Boş prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamentining 2009 yil 13 oktabrdagi 102, 42-son “Auditorlik taşkilotlari uçun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça içki nazorat qoidalarini tasdiqlaş töğrisida”gi qarori.
2. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Boş prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamentining 2010 yil 26 maydagi 45, 15-son “Auditorlik taşkilotlari uçun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça içki nazorat qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori.
3. Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Boş prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamentining 2015 yil 13 apreldagi 30, 11-son “Auditorlik taşkilotlari uçun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallaştirişga va terrorizmni moliyalaştirişga qarşi kuraşiş böyiça içki nazorat qoidalariga özgartiriş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qarori.

















